KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur albatta.
Pastdarg‘om tuman hokimi va prokuratura masʼullari hamda tumandagi korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, korrupsiyaviy holatlar hamda manfaatlar to‘qnashuvi kabi masalalar ilgari surildi.
Uchrashuvda ushbu illat domiga tushishning oqibatlari tushuntirilib, unga qarshi kurashish barchamizning, ichki axloqiy-ruhiy maslagimiz, eʼtiqodimizga aylanishi kerakligi taʼkidlandi.
Shu kabi, DXX raisining korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida bergan ko‘rsatmalari ham yetkazildi.
Shuningdek, mamlakatimizning kelajagini va obro‘-eʼtiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i hamda unga qarshi kurashmog‘i lozimligi xususida so‘z yuritildi.
 
                        



