insurez
10-10-2025 18:57

KO‘PMINGKILOGRAMMCHI TERIMCHILARGA SOVG‘A


Aslida mehnat qilayotgan odamga “Hormang!”, deb o‘tishning o‘zi savob. Chunki bu shirin so‘z qo‘li ish bilan band odamga kuch bag‘ishlaydi, go‘yo.

Bugun paxta dalasida javlon urayotgan hasharchilardan hol so‘rayotgan jamoatchilik va faollarning niyatlari ham shu – terimchilarga g‘ayrat bag‘ishlashdan iborat.

Tuman hokimining o‘rinbosari va tuman bosh otinoyisi joylardagi rasmiy otinoyilar hamrohligida Yangirabot, Yangiqishloq va Qorasuv mahallalari terimchilari holidan xabar oldilar. 

Ular orasidagi ko‘pmingkilogrammchi xotin-qizlarga sovg‘alar ulashishdi.

Teglar
- -