insurez
17-09-2025 15:12

KO‘PCHILIKNING MULKIGA TAJOVUZ QILMANG!


Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Pastdarg‘om tumani “Amir Temur” hamda “Po‘latchi” mahallalarida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlarida ayrim fuqarolar tomonidan ko‘p kvartirali uylarning tayanch to‘siq konstruksiyalarini o‘zboshimchalik bilan buzish holatlari aniqlandi. 
Bu esa binolarning seysmik mustahkamligi va aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan bitta holatda 2 million 600 ming so‘m, yana 3 ta holatda har biriga 20 million 600 ming so‘mdan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Teglar
- -