insurez
24-04-2025 17:44

KOOPERATSIYA USULIDA AHOLI BANDLIGI TAʼMINLANMOQDA


Pastdarg‘om tumanida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, ijtimoiy muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, o‘zini-o‘zi band qilishiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada rejali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan yaqinda "Navobod nasli parranda" F/X tomonidan kooperatsiya usulida parranda yetishtirishni yo‘lga qo‘yishlari uchun tumanning 5 ta mahallasida yashovchi bir qator fuqarolarga jami 5500 dona bir sutkalik jo‘jalar tarqatildi.

Xususan, "Navobod nasli parranda" F/X va fuqarolar o‘rtasida shartnomalar tuzilib, ushbu shartnomaga asosan, Yangiavlod mahallasiga 1350 dona, Guliston mahallasiga 1500 dona, Olmazor mahallasiga 1000 dona, Jaul Qosim mahallasiga 1050 dona hamda Paxtachi mahallasida yashovchi fuqaroga 600 dona jo‘jalar hamda yem ozuqalari yetkazib berildi.

Belgilangan vaqtga qadar jo‘jalar boqilib, tayyor holatga kelganidan so‘ng, jo‘jalarni tarqatgan korxonaning o‘zi ularni sotib oladi.

Bu esa, fuqarolarga yanada qulaylik yaratishi tabiiy.

Teglar
- -