KITOBXONLIKKA OID EKSKURSIYA
Pastdarg‘om tumanida aholini kitobxonlikka jalb qilish, yosh avlod vakillarida kitobga bo'lgan mehr tuyg‘usini shakllantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublika ishchi guruhi mas'uli E.Uralov, Nuroniylar kengashi tuman bo'limi boshlig'i N.Aliyev, tegishli mas'ullar va maktab o'quvchilari ishtirokida tuman axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi.
Bunda, ular kutubxonadan foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kitoblar tarkibi bilan tanishdi.
Shuningdek, nuroniylar yoshlarga kitob o'qish madaniyati va uning foydalari xususida tushunchalar berdi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda kitobga bo'lgan mehr va qiziqishni ortishi uchun ko'mak bo'lishi shubhasiz.