insurez
11-01-2025 15:08

KICHIK IMKONIYATDAN KATTA DAROMAD OLAYOTGANLAR


Pastdarg‘om tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mangitobod mahallasida yashovchi Mohichehra Karimqulova "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turar edi.

2024-yilda unga bandligini taʼminlash maqsadida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Ajratilgan mablag‘ evaziga Mohichehra opa xonadonida 2 sotixli issiqxona tashkil etib, bugun unda xorijiy nav qulupnaylarini yetishtirmoqda.

Shu kabi, ushbu mahallada yashovchi Ruxshona Tilovova ham imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga o‘z tomorqasida 3 sotixli issiqxona barpo etib, xorijiy qulupnay navlarini parvarishlayapti.

Ruxshona opa o‘z tomorqasi bilan cheklanib qolmagan. U yon-atrofdagi bo‘sh turgan yerlarni ham ijaraga olib, qariyb 20 sotix issiqxonada qulupnay yetishtirmoqda. Bu bilan yana bir nechta qo‘shnilarni ham bandligini taʼminlayapti.

Muxtasar aytganda, har ikkala xonadon sohibalari ham yetishtirilgan qulupnay hosilining bir kilosini 150-170 ming so‘m atrofida sotyapti.

Bu degani ular o‘z tomorqasidan unumli foydalanish orqali mo‘maygina daromadga ega bo‘lmoqda.

Teglar
- -