KATTA NAYMAN MFYDA NIMA GAPLAR?
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosarlar hamrohligida Katta Nayman mahallasida bo‘lib, aholi kayfiyati, turmush tarzi, "mahalla yettiligi" tomonidan olib borilgan ishlar, ularning tashabbuslari, ichki ko‘chalar va xonadonlar obodligi hamda holatini o‘rgandi.
Jumladan, shu mahallada yashovchi nogironligi bor fuqaro G‘ulom aka Bekmurodov holidan xabar olib, u uchun mahalla tashabbusi va saxovatpesha insonlar ko‘magida qurilayotgan xonadonning qurilish ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, mahalla xodimlari bilan ularning umumiy ko‘rsatgichlari va kelgusi rejalari bo‘yicha suhbat o‘tkazib, mahalla hududini yana-da obod qilish, infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulayliklar yaratish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma, topshiriqlar berdi.




