insurez
27-01-2025 08:58

JUMA SHAHRIDAGI BOZORLAR YANADA QULAY BO‘LISHI LOZIM


Tuman hokimi Sh.Rahmonov sektor rahbarlari va masʼul tashkilotlar hamrohligida tumanimizdagi bozorlarda bo‘lib ularning bugungi holati bilan tanishdi.

Dastlab, "Pastdarg‘om meva-sabzavot" MCHJda sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan sharoitlar, bozorning sanitariya holati, olib borilgan obodonchilik ishlari hamda bu borada berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida, "Davlatbek savdo majmuasi"da amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham eʼtibordan chetda qolmadi.

"Pastdarg‘om buyum savdo" MCHJga tashrif chog‘ida bo‘lsa, undagi savdo rastalari hamda do‘konlarning joylashuvi va ozodaligi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinayotganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, tegishli mutasaddilar bilan bozorlar infratuzilmasini yana-da yaxshilash, ularni aholi foydalanishi uchun qulay, zamonaviy holatga keltirgan holda xaridorlar hajmini oshirish, unga olib boruvchi yo‘llarda harakatni qulay bo‘lishi uchun zarur choralarni ko‘rish, obodonchilik va tozaligini saqlash kabi bir qator masalalar xususida muhokama o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan yo‘l qoidalariga rioya qilish, avtomashinalar va piyodalar harakati uchun qulaylik yaratish kabi masalalar borasida suhbatlashildi.

Teglar
- -