"JUMA ELEVATORI" ERONLIK DON KORXONALARI BILAN HAMKORLIK QILADI
Shu kunlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Eron davlatida bo‘lib turgan Pastdarg‘om delegatsiyasi hozirda, Mashxad shahridagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishib, hamkorlik muzokaralarini olib bormoqda.
Xususan ayni paytda, ushbu shahardagi "Khoshetalaei" nomli don korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishmoqda.
Eron davlatida ishlab chiqarish hajmi bo'yicha kuchli uchlikda turuvchi bu korxonada bir kunda 240 tonna bug‘doy qayta ishlanib, un va un mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Tashrif davomida tuman hokimi Sherzod Rahmonov, tuman delegatsiyasi a'zolari hamda korxona taʼsischisi va rahbari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda Pastdarg‘om tumanida ham ushbu yo‘nalishdagi eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ilgari surildi hamda tumanimizdagi "Juma Elevatori" va Eronning "Khoshetalaei" korxonalari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatilib, bu bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Bu boradagi muzokaralar davom etadi.