JONLI IJRODAGI XORAZMCHA TARONALAR BARCHAGA XUSH KAYFIYAT ULASHDI
Pastdarg’om tuman Madaniyat bo’limi konsert zalida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘limining san’atkorlari tomonidan jonli ijroda konsert dasturi bo’lib o’tdi.
Konsert dasturi davomida D.Saidova "Yovvoyi tanovar"ni ijro etgan bo'lsa, G’afur va G’ulon Echjonovlar ustoz san’atkor K.Otaniyozov repertuaridagi qo’shiqlarni mohirona ijro qilib tomoshabinlarga zavq ulashdi.
Muxtasar aytganda, Xorazm xalqining o’lmas ko’y-qo’shiqlari barcha tomoshabinlarga birdek manzur bo'ldi.




