insurez
19-01-2025 10:13

#Jarayon


Bugun, 19-yanvar kuni tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi tumanimiz delegatsiyasi Shanxay provinsiyasidagi "Shanghai Shansheng Health Technology" Co.,Ltdda bo‘lib, hamkorlik muzokaralarini olib bormoqda.

VASCO brendi ostida ish olib boruvchi korxona maishiy xo'jalikda foydalaniladigan metall quvurlar, zanglamaydigan po'lat mahsulotlar va santexnika anjomlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Yillik aylanma mablag‘lari 70 million dollar bo'lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘liq Amerika, Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilinadi.

Tashrif davomida tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishish barobarida, kompaniya rahbarlari bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik taklifini ilgari suryapti.

Bunda, Pastdarg‘om tumanida ham bu kabi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida muzokara o‘tkazildi va har ikki tomon bu boradagi o‘z fikr hamda takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, korxona ta’sischilari mart oyining birinchi 10 kunligida tumanimizda bo‘lishadi.

Teglar
- -