#Jarayon
Shu kunlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Eron davlatida bo‘lib turgan Pastdarg‘om delegatsiyasi hozirda, Mashxad shahridagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishib, hamkorlik muzokaralarini olib bormoqda.
Xususan ayni paytda, ushbu shahardagi "Amir Chap" nomli korxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishmoqda.
Yillik aylanma mablag‘lari 36 million dollarni tashkil etuvchi Eron davlatidagi yagona tizimli bu korxonada polietilen va plastmassa xomashyosidan har turdagi mahsulotlar uchun qadoqlar ishlab chiqariladi.
Tashrif davomida korxona taʼsischisi va rahbari janob Iman Amir tuman hokimi Sherzod Rahmonovga Pastdarg‘om tumanida ham ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida ekanligini bildirib, o‘z takliflarini keltirib o‘tmoqda.
Bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.