#Jarayon
TOPSHIRIQ VA IJRO
Bugun, tuman hokimi Sh.Rahmonov hududlar bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlarini hamda qishloq xo‘jaligi sohasida bajarilayotgan agrotexnik tadbirlarni ko‘zdan kechirgani hamda bu borada tegishli mutasaddilarga bir qator ko‘rsatma, topshiriqlar bergani xususida xabar qilgan edik.
Bunda ayniqsa, Qo‘qoni, Jag‘aolboyli, Beshbola, Istiqbol, Gumbaz, Galatut, Turon, Eski Juma va Xavuzak mahallalarida olib borilayotgan ishlar yetarlicha bajarilmayotgani taʼkidlanib, ushbu hududlarda ishlarni yana-da jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan edi.
Berilgan topshiriqlar ijrosi o‘laroq, ayni paytda mazkur mahallalar hududidagi fermer xo‘jaliklari dalalari va bo‘sh turgan yer maydonlarida shudgorlash, mahalliy o‘g‘it chiqarish kabi boshqa zarur agrotexnik tadbirlar jadal tus olgan.
Shuningdek, ichki suv tarmoqlari va sizot suvlari kanalarida ham tozalash, qazish ishlari boshlab yuborilgan.
Bundan tashqari, ko‘chalar, xonadonlar tashqi qismi, tadbirkorlik obyektlari atroflari tartibga keltirilmoqda.
Bu kabi ishlar tuman bo‘ylab boshqa hududlarda ham davom etmoqda.