#Jarayon
Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Charxin hududi bo‘ylab aholi kayfiyati, yashash sharoitlari va olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda.
Bunda, asosiy va ichki ko‘chalarni, binolar fasad qismi hamda atrofini tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, ko‘chatlar ekish, gulzorlashtirish shuningdek, ekilgan nihollarni sug‘orish tizimi bilan taʼminlash kabi bir qator masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilyapti.
Shuningdek, PQ 1-sonli qaror ijrosi, obodonlashtirish, tomorqadan unumli foydalanish, xavfsiz muhitni shakllantirish, piyodalar yo‘lakchalari barpo etish, tungi chiroqlar o‘rnatish, kameralashtirish, harakat xavfsizligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Piyoda o'rganishlar ayni paytda Tinchlik, Charxin, Gulakandoz hamda Mirzo Ulug‘bek nomli mahallalarda olib borilmoqda.