insurez
05-08-2024 11:48

#Jarayon


Ayni paytda, tumanimizning Kimyogarlar qo‘rg‘oni Kamolot mahallasida mahalla masʼullari va faol hamda ko‘ngilli fuqarolar tomonidan ariqlarni betonlashtirish, atrofga gul ekish va obodonlashtirish ishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Erta tongdan tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida ushbu mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni qadamma-qadam ko‘zdan kechirib, har bir obyektda va hududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar beryapti.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga binoning fasad qismini taʼmirlash va atrofni tartibga keltirish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Teglar
- -