insurez
03-11-2025 08:57

#Jarayon


Tumanimizda mahallalar infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish va aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hokimligi tashabbusi bilan hozirda Katta Nayman mahallasini "Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahallaga" aylantirish maqsad qilingan.

Bugun erta tongdan tuman hokimi Sh.Rahmonov, IIB boshlig‘i, tegishli o'rinbosarlar, korxona-tashkilotlar mas'ullari hamda faol fuqarolar ishtirokida yig'in o'tkazilib, mazkur mahallada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shundan so’ng, mahallani obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi yashash tarzini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish hamda hududni butkul o'zgacha qiyofaga keltirish borasidagi ishlarga kirishildi.

Teglar
- -