insurez
12-04-2025 15:09

#Jarayon


Erta tongdan odatga ko'ra tuman hokimi tegishli mas'ullar hamrohligida hududlarda o‘rganish olib bormoqda.

Navbatdagi o'rganishlar kun davomida Samarqand shahri chegarasidan Nurobod-Kattaqo‘rg‘on tumanlari chegarasigacha davom etadi.

Bunda, ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, ko'chatlar o'tqazish, ko'kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilish barobarida, har bir obyektda va hududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma, topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilanmoqda.

Shuningdek, binolar fasad qismini taʼmirlash va atrofni tartibga keltirish, yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalarlar berilyapti.

Shu o'rinda barcha tadbirkorlik subyektlari, masʼullar, faollar va fuqarolardan yo'llar atrofining obodonchiligi, ko'kalamzorligi, binolar atrofini tartibga keltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishlarini so'rab qolamiz.

Zero, o'z yashash hududimizni obod qilishga barchamiz mas'ulmiz.

Teglar
- -