#Jarayon
Bugun, tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman DXX bo'limi boshlig'i va tuman prokurori hamrohligida hududlar bo‘ylab olib borilayotgan obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlari, aholi kayfiyati, yashash sharoitlari hamda qishloq xo‘jaligida bajarilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishmoqda.
Shuningdek, asosiy va ichki ko‘chalar, xonadonlar tashqi qismi, tadbirkorlik subyektlari atroflari hamda korxona-tashkilotlar holati ko‘zdan kechirilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chatlar o'tqazish va piyodalar harakati uchun to'siqsiz yo'laklar tashkil etish masalalari ilgari surilmoqda.
Ayni paytda, mahalla faollari, MMTP raisi hamda mahalla masʼullari hamrohligida piyoda davom etayotgan o'rganishlar Po'latchi, Sharof Rashidov, Yangiobod hamda Navro‘z mahallalarida davom etmoqda.