insurez
18-10-2025 17:30

#Jarayon


Ayni paytda Samarqand shahri kuni munosabati bilan Juma shahrida avtomobil sotuvi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, avto ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi "Auto mountain" avtosalonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Rahmonov, mas'ul idora rahbarlari, nuroniylar va faollar ishtirok etmoqda.

Jami qiymati 20 milliard so‘m bo‘lgan loyiha ishga tushishi natijasida 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ma‘lumot uchun General Motorsga qarashli ushbu avtosalonda 10 ga yaqin turdagi avtomobillar sotuvi yo‘lga qo‘yilib, yiliga 6000 dona avtomashina sotish yoki, savdo aylanmasi miqdorini 100 milliard so‘mdan oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek alohida ta'kidlash joizki, mazkur korxona tomonidan sotilayotgan avtomobillarning viloyat bozoridagi ulushi 40 foizni tashkil etishi ko'zlangan.

Teglar
- -