JAHOLATGA QARSHI - MAʼRIFAT BILAN
Bugun, jamiyatni diniy aqidaparastlik g‘oyalarining zararlaridan saqlashda fuqarolar ongida maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni rivojlantirishga doir profilaktik tadbirlarning o‘rni yuqori.
Pastdarg‘om tumanida ham bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib borilmoqda.
Navbatdagi “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi tadbir respublika ishchi guruhi mas'uli Erkin O'ralov, tuman mutasaddilari, 125-umumiy o‘rta taʼlim maktabi masʼullari, o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, radikal kayfiyatdagi shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish, yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishini oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuvda to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi, “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film ham namoyish etilmoqda.