#Jarayon
Bugun tuman hokimi Sh.Rahmonov qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Bunda ayniqsa g'alla parvarishi, dala cheti madaniyati, ko'chat ekish ishlari, ariqlarni qazish hamda betonlashtirish borasida ortda qolayotgan fermer xo‘jaliklariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, ayni paytda Ilm MMTP hududidagi "Ma'ruf Ma'mur" hamda Mevali MMTP hududidagi "Mevali oltin boshog‘i" fermer xo'jaliklarida o'rganish olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.
Bu kabi o'rganishlar kun davomida barcha hududlarda davom etadi.