insurez
22-09-2025 15:27

#Jarayon


Ayni paytda, tuman hokimi Sh.Rahmonov 2-sektor rahbari, tegishli o'rinbosar va masʼullar ishtirokida Tinchlik mahallasida bo‘lib, aholi kayfiyati, ularning yashash tarzi, shuningdek mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari, temiryo'l atrofidagi umumiy holat bo'yicha tanqidiy o'rganish olib bormoqda.

O‘rganish davomida mahalla hududidan Ni-Um Avenue kompaniyasi tomonidan qurilishi mo'ljallangan ko‘p qavatli uyga ishlab chiqilgan master reja ko'zdan kechirilyapti.

Shuningdek, mahalla hududida qo'shimcha maktab va xususiy bog'cha tashkil etish, temiryo'l atrofini obodonlashtirish va boshqa masalalar borasida ham muddatli topshiriqlar berilmoqda.

Teglar
- -