insurez
29-01-2026 17:00

ISH HUJJATLARI TO'G'RI YURITILYAPTIMI?


Pastdarg'om tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashkilotlarda ijro intizomi masalasi, ijtimoiy-maʼnaviy muhit, hujjatlar ijrosi va davlat tilida ish yuritish holati bo'yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi, "Pastdarg'omtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi  kabi tashkilotlar o‘rganildi.

Shuningdek, Prezidentning PF-6166-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori ijrosi ham tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O'rganish ishlari davom ettiriladi.

Teglar
- -