ILM MASKANLARI O‘QUV YILIGA SHAY (MI?)
Hademay o‘quvchilar yozgi taʼtilga qaytib, jonajon maktablari tomon oshiqishadi. Umumtaʼlim maktablarida esa yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Kunning birinchi yarmida tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida birinchi sektor hududidagi umumtaʼlim maktablarida o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.
103, 104, 125-112-umumtaʼlim maktablarida taʼmirlash ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas‘ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar tomonidan ham ko‘plab maktablarda o‘rganishlar olib borilmoqda.