insurez
25-01-2025 10:26

ICHKI YO‘LLAR TAʼMIRLANMOQDA


Tumanimizda ichki yo‘llarni taʼmirlash va ravon holga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda.

Bu kabi ezgu ishlarga, ko‘pgina mahallalarning faol fuqarolari o‘z hissalarini qo‘shib borayotir.

Furqat mahallasining ahil fuqarolari ham birlashib hashar tashkil qilishdi. Hashar doirasida, ushbu mahalla ichki yo‘lllarining 2,2 kilometr qismiga shag‘al yotqizilyapti.

Shuningdek, ushbu yo‘lni shag‘allashtirish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli transport vositalari beminnat xizmat ko‘rsatmoqda.

Teglar
- -