ICHKI YO‘LLAR TAʼMIRLANMOQDA
Pastdarg‘om tumanida yo‘llar infratuzilmasini yana-da yaxshilash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda.
Jumladan, “Bog‘ishamol” muntazam yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan D065 “Samarqand-Juma-Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lida yamash-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan Uchtepa, Bog‘ishamol va Chimboy hududidan o‘tuvchi D072 avtomobil yo‘lida ham ko‘chib ketgan nuqsonlarni bartaraf etish, taʼmir qilish-yamash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu kabi ishlar harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tumanimiz hududida harakatlanuvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan bo‘lib, navbati bilan boshqa hududlarda ham bajarilishi rejalashtirilgan.