ICHKI KO‘CHALAR VA MAHALLALAR OBODMI?
#Ayni_paytda
🎥Tuman hokimi tegishli tashkilotlar, mahalla masʼullari, hamrohligida maxsus avtobusda birinchi sektor hududidagi Po‘latchi mahallasidan Chimboy mahallasigacha bo‘lgan masofada amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari, ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechiryapti.
✅Safar davomida ichki ko‘chalar, tadbirkorlik subyektlari faoliyati va sanitariya holatlari hamda mahalladagi obodonchilik ishlari va bir qator masalalar tanqid ostiga olindi.
⚡️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xonadonlarni hamda tadbirkorlik subyektlarini taʼmirlash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, daraxtlarga ishlov berish va atrofni, qabristonlarni obodonlashtirish hamda bu borada aholi orasida targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berilmoqda.
✅Bugun, kun davomida birinchi sektor hududidagi barcha mahallalarda o‘rganish ishlari olib boriladi.