insurez
15-01-2025 15:31

ICHIMLIK SUVI TAʼMINOTINI YANADA YAXSHILASH YO‘LIDA


Tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tegishli mutasaddilar tomonidan tuman bo‘ylab suv minoralari, inshootlari, agregatlar va quvurlar ko‘zdan kechirilyapti.

Aniqlangan kamchiliklar hamda nosozliklar bartaraf etilib, yaroqsiz jihozlar yangisiga almashtirilmoqda.

Rasmlarda Beshbola, Oltiqahramon, Ag‘ron, Tinchlik va Sazag‘on mahallalaridagi ish jarayonlari tasvirlangan.

Teglar
- -