Hurmatli pastdarg'omliklar!
Joriy yilning 15-oktabr kunidan boshlab mamlakatimizda mahallalar hududida obodonlashtirish va ozodalik ishlarini kuchaytirish maqsadida, “Tozalik va ozodalik oyligi e’lon qilindi!
Oylik doirasida har bir mahallada yakka tartibdagi uy-joylar, ko‘p qavatli uylar, xiyobonlar, qabristonlar, ko‘chalar, ariqlar, atrofida tozalik va ozodalik ishlarini bajarish, yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shu munosabat bilan tumanimizda hasharlar tashkil etilib, ushbu hashar doirasida mahallalarda, korxona- muassasalarda, ko’chalarda va qabristonlarda keng ko’lamli tozalash, obodonlashtirish va chiqindilarni chiqarish ishlari amalga oshiriladi.
Barchani mazkur xayrli ishlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.




