“HUQUQIY-MAʼRIFIY BILIMDON” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Huquqiy-maʼrifiy bilimdon” respublika ijodiy ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra Pastdarg‘om tumani 35-maktab jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar ongiga huquq va burch, halollik, odob-axloq, vatanparvarlik, davlat ramzlariga hurmat, shuningdek huquqiy madaniyat va ijtimoiy-siyosiy faollik tamoyillarini singdirish bo‘lib, yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularni mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va huquqiy bilimlarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.




