insurez
04-09-2024 14:19

HUNARMANDLAR MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


"Hunarli kishi xor bo'lmas" - deydi dono xalqimiz. Darvoqe, insonga har qanday vaziyatda ham o'rgangan bilim va ko'nikmalari, davomida hamroh boʻlib qoladi.

Tumanimizda ham aholini kasb-hunarga o'qitish va yo'naltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Go'zalkent mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" tamoyili asosida zamonaviy qilib qurilgan, 5 turdagi kasb-hunarlarni o'rgatishga moslashgan "Kasb-hunar markazi" foydalanishga topshirildi.

Zardoʻzlik, tikuvchilik, o'ymakorlik, yumshoq o'yinchoqlar yasash hamda beshikchilik kabi hunarlarni o'rgatishga mo'ljallangan markazning ochilish marosimida viloyat va tuman mas'ullari ishtirok etdi.

Teglar
- -