insurez
26-04-2025 10:51

HUDUDLAR OBODLIGI UCHUN HAMMA BIRDEK MAS'UL


Tuman hokimi o'rinbosari Sh.Doniyorov tegishli masʼullar hamrohligida hududlarda o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar Juma shahri hududidan boshlanib, Po‘latchi, Sh.Rashidov, Yangiobod, Navro‘z, Tozqulton, Qarshiobod va Oshiq ota mahallalari bo'ylab Ishtixon tumani chegarasigacha, Nurobod-Kattaqo‘rg‘on tumanlari chegarasidan Samarqand shahri chegarasigacha, shuningdek, Samarqand shahri chegarasidan Oqdaryo tumani chegarasigacha davom etdi.

Bunda, ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, ko‘kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, kameralashtirish, tungi chiroqlar o‘rnatish, piyodalar yo‘laklari bunyod etish, hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, binolar fasad qismini taʼmirlash, atrofni tartibga keltirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, har bir obyektda hamda hududda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma, topshiriqlar berildi va bu borada aniq vazifalar belgilandi.
Shu o‘rinda barcha tadbirkorlik subyektlari, masʼullar, faollar va fuqarolardan yo‘llar atrofining obodonchiligi, ko‘kalamzorligi, binolar atrofini tartibga keltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishlarini so‘rab qolamiz.

Zero, o‘z yashash hududimizni obod qilishga barchamiz masʼulmiz.

Teglar
- -