insurez
17-02-2026 16:03

HUDUDIY ITNVESTITSIYA LOYIHALARI O‘RGANILDI


Pastdarg‘om tumanida 2026-yilda hududiy investitsiya loyihalari doirasida qiymati 160,7 million dollarlik 85 ta loyihalar ishga tushirilib, natijada, 2 057 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilab olingan.

Jumladan,    

     - sanoatda 89,8 million dollarlik 22 ta loyiha va 1 396 ta yangi ish o‘rinlari;  

   - xizmat ko‘rsatishda 59,4 million dollarlik 52 ta loyiha va 538 ta yangi ish o‘rinlari;

    -qishloq xo‘jaligida 11,7 million dollarlik 11 ta loyihalarni amalga oshirish va 123 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.

Ayni paytda mazkur loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish masalalari bo‘yicha monitoring ishlari olib borilayotgan bo‘lib, tuman hokimi o‘rinbosari A.Gafurov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Teglar
- -