HUDUDLAR XAVFSIZLIGI YO'LIDA
Pastdarg‘om tumanidagi mahallalarda xavfsiz, sogʻlom muhitni yaratish maqsadida, "Xavfsiz hudud tozalash profilaktik" tadbirlari doirasida, viloyat va tuman IIB rahbariyati, tuman IIB, Probatsiya bo'limi, YPX, YHXG Qo'riqlash xodimlaridan iborat tozalash guruhi ishtirokida yo'riqnoma o'tkazildi.
Unda, jinoyat sodir etishga moyil va jinoyat qilish xavfi bo'lgan, spirtli ichimlikka ruju qo'ygan shaxslar, probatsiya hisobida turgan, muqaddam sudlangan hamda uyushmagan yoshlarning ro'yxatlari shakllantirib, taqsimot asosida xodimlarga tarqatildi hamda xonadonbay profilaktik suhbat o'tkazish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek bu borada maxsus shtab tashkil qilinib, jinoyat qilishga moyil bo'lgan shaxslar bilan filtr guruhi xodimlari tomonidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o'tkazishga kirishildi.
Bu boradagi ishlar davom etayotgan bo'lib, bunda asosan hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikning oldini olish maqsad qilingan.




