#Hozir
Ayni paytda, O'zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi maslahatchisi Sobir Murodov va Samarqandda viloyati Mahallalari uyushmasi boshlig‘i Sherali Yo'ldoshev Pastdarg‘om tumanida bo'lib, tuman hokimining birinchi o'rinbosari va tegishli mutasaddilar hamrohligida hududlarda qizg'in davom etayotgan hashar ishlari bilan tanishmoqda.
Bunda, bahorgi ishlarga kirishib ketgan aholi kayfiyati hamda uyushqoqlik bilan davom etayotgan obodonlashtirish, daraxtlarga ishlov berish, ko'chat o'tqazish kabi ishlar o'rganilmoqda.
Rasmlarda Paxtachi mahallasidagi ish jarayoni aks etgan bo'lib, bu kabi o'rganishlar navbati bilan barcha hududlarda davom etadi.