#Jarayon
Ayni paytda, tuman hokimi sektor rahbarlari hamda tegishli mas'ullar hamrohligida "Pastdarg‘om meva-sabzavot " MCHJ hamda "Pastdarg‘om buyum savdo" MCHJ bozorlaridagi savdo rastalari holati, joylashuvi, issiq kunlarda xaridorlar va sotuvchilarga yaratilgan qulayliklar, sanitariya talablariga rioya etilishi, bu yerdagi tartib intizom, savdo xodimlarining noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish kabi holatlari bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda.
Shuningdek, bozor va undagi mahsulotlar xavfsizligi, bozor hududida tartib saqlash hamda xaridorlar va sotuvchilarga qulaylik yaratishga masʼul bo‘lgan tashkilotlar bilan uchrashilib, ularga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilyapti.
Shu kabi, har ikkala bozorida berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganilmoqda.
Berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas'ullarga tegishli tartibda chora ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berilyapti.