PASTDARG‘OM TUMANI VA SHANXAY PROVINSIYASI O‘RTASIDA BIZNES FORUM
Pastdarg‘om hamda Pudun tumanlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash maqsadidada biznes forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari, O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsuli, konsullik xodimlari, Shanxay shahrining Pudun tumani Hukumati savdoni rivojlantirish bo‘yicha komissiyasi vitse-prezidenti, Hukumatning boshqa vakillari hamda 60 dan ortiq xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Forum davomida, dastlab Pastdarg‘om tumani hokimi so‘zga chiqib, tumanimizning salohiyati, qulay joylashuvi, tadbirkorlik faoliyati uchun mavjud qulayliklari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, xitoylik mutasaddilar ham o‘z salohiyatlari, imkoniyatlari va qulayliklar xususida maʼlumot berib o‘tdi.
Shuningdek, har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish borasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Navbatdagi uchrashuvlarni joriy yil mart oyining oxiridan, aprelning boshlariga qadar Pastdarg‘om tumanida o‘tkazishga kelishib olindi.