#Hozir
Ayni paytda, Pastdarg‘om tumanidagi Dinamo o'yingohida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol va mini futbol turlari bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga start berilmoqda.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi va tuman DXX mas'uli so'zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada 16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar sportning futbol va mini-futbol, qizlar esa faqatgina mini-futbol turlari bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.