HASHAR — ELGA YARASHAR
Tumanimizni yana-da obod qilish maqsadida, ommaviy hashar tashkil qilish odatga aylanib ulgurdi.
Faol fuqarolar nuroniylar, mahalla masʼullari, bir so‘z bilan aytganda tumanimizni ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlashga o‘z hissasini qo‘shish niyatidagi barcha tumandoshlarimiz ishtirokidagi ommaviy hasharlar tashkiletilmoqda.
Bu gal mahallalar guzarlari asosiy va ichki ko‘chalar yoqasida obodonlashtirish ishlari o‘tkazildi.
Hasharga mahalla masʼullari xonadon egalari, faollar va keng jamoatchilik vakillari jalb qilindi.
Erta tongdan boshlangan birdamlikdagi hashar davomida, gulzorlarga o‘g‘it berilib, sug‘orildi, daraxtlar oqlanib shakl berildi, yo‘llar cheti begona o‘tlardan tozalandi. Xonadonlar hamda tadbirkorlik subyektlari tashqi qismi tartibga keltirilib, ranglandi.
Hurmatli fuqarolar, siz ham o‘zingiz yashayotgan hududni hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangizni obodonlashtirib bu xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.