insurez
13-04-2025 15:16

HASHAR BILAN OBOD MANZILLAR


Ayni kunlarda Pastdarg‘om tumanidagi mahallalarda, asosiy va ichki ko‘chalarda keng ko‘lamli hasharlar tashkil etilib, qabristonlar obod qilinyapti.

Hududlar begona o'tlardan tozalanmoqda, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'llar chetiga piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda.

Bundan tashqari bo'sh turgan yer maydonlariga gulzorlar tashkil etilyapti, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazilyapti.

Xalq birdamligida uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan bu kabi ishlarga yosh-u qari birdek hissa qo‘shish uchun xizmat qilmoqda.

Bu kabi ishlar barcha hududlar bo'ylab kun davomida olib boriladi.

Teglar
- -