HARBIY SOHA - YURT QUDRATI
Mustaqillik yillarida yurtimiz yoshlari uchun milliy armiyamiz haqiqiy hayot maktabiga aylanib, yoshlarning muddatli harbiy xizmatni o‘tash tizimi yanada takomillashtirildi.
Amalga oshirilgan islohotlar Qurolli Kuchlarimiz safini har tomonlama yetuk harbiy xizmatchilar bilan to‘ldirishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini bermoqda.
Tuman hokimi J.Pardayev Pastdarg‘om tuman Mudofaa bo‘limida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Bunda, xodimlarga yaratilgan qulayliklar, tibbiy ko‘rik xonalari hamda ish jarayoni o‘rganildi.
Shu kabi, bu yerdagi muammolar o‘rganilib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, soha masʼullari bilan yoshlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.




