GO‘ZALKENT YO‘LLARI YANADA OBOD BO‘LMOQDA
Tumanimizda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni yana-da ravon holatga keltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hozirda Go‘zalkent mahallasidagi ichki yo‘llarning 1 kilometr 600 metr masofadagi qismiga asfalt qoplamasi yotqizilyapti.
Shu kabi mahalla hududida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda.
Tuman prokurori tuman hokimining o‘rinbosari va tegishli masʼullar hamrohligida asfalt yotqizish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Maʼlumot uchun, ushbu loyiha "Meʼmor O‘tkir chovka" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, asfaltlash ishlari qisqa fursatlarda sifatli holda yakunlanishi rejalashtirilgan.