FUQAROLIK PASPORTI TOPSHIRILDI
Petrauskayte Yulita Yuryevna - 1992-yil 17-dekabrda Pastdarg‘om tumanida tug'ilib, mana 33 yildirki, Amir Temur mahallasida istiqomat qilib kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 30-dekabrdagi 265-sonli Farmoni bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 22-bandi, "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 4,19 va 21-moddalariga muvofiq bugun u, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Tuman hokimligida bo'lib o'tgan uchrashuvda Yulita Yuryevnaga fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlar tantanali tarzda topshirildi.




