insurez
08-05-2025 18:28

FRONT ORTI MEHNAT FAXRIYLARI HOLIDAN XABAR OLINDI


Xotira - muqaddas. U insonning insonligini anglatuvchi, uni oʻtmish va istiqbol bilan bogʻlab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir.

Yurtimizda nishonlanadigan "9-may - Xotira va qadrlash kuni” milliy urf-odatlarimizga mos holda marhumlarni yod etish, tiriklarga ehtirom ko'rsatish va quvonch ulashish kabi qadriyatlar qatoridan joy olib kelmoqda.

Pastdarg‘om tumani hokimi o'rinbosarlari va tashkilotlar rahbarlari ushbu kun arafasida Ikkinchi jahon urushining tumanimizdagi jami 20 nafar front orti mehnat faxriylari holidan xabar olib, ular bilan samimiy suhbatlar qurishdi.

Bunda, ularning har biriga, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari" hamda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medallari va boshqa sovg‘alar taqdim etildi.

Tinch va osuda yurtda e'zoz topgan nuroniy faxriylar elga omonlik tilab duoga qo‘l ochishdi.

Teglar
- -