FAXRIY USTOZLARNI YO'QLAB...
Xabaringiz bor, Pastdarg‘om tumanida har oydagi ikkinchi haftaning jumasi "Nuroniylar bilan ishlash kuni" etib belgilangan.
Ushbu kun munosabati bilan tumanimizdagi tashkilot, korxona rahbarlari va xodimlari o‘zlari faoliyat yuritayotgan tashkilot hamda korxonalarda ishlagan nuroniylarni yo‘qlashdi va ular bilan vaqt o‘tkazishdi.
Jumladan, tumanimizdagi politexnikumlar, kollejlar kabi taʼlim dargohlari rahbarlari uzoq yillar professional taʼlim tizimida fidokorona xizmat qilgan ustozlarni yo‘qlashgan bo‘lsa, tibbiyot birlashmasi masʼullari tumandagi tibbiy sohaning qadrli faxriylari holidan xabar olishdi.
Shirin diydorlashuv chog‘ida nuroniylar bilan samimiy suhbatlar qurilib, o‘tgan kunlar xotirlandi.
Ustozlar mamnun kayfiyatda shogirdlarini duo qilish barobarida, o‘z o‘gitlarini ham ayamadi.