FAVVORALAR SAYLI KUNI NISHONLANDI
Har yili yurtimiz bo‘ylab barcha hududlarda 1-may “Favvoralar sayli kuni” sifatida nishonlab kelinadi.
Bugun ushbu kun munosabati bilan Pastdarg‘om tumanidagi "Go‘zalkent yoshlar bog‘i"da keng miqyosdagi tadbir o‘tkazildi.
Istirohat bog‘idagi favvora atrofida bo‘lib o‘tgan sayilda tuman Madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari hamda Musiqa va sanʼat maktablarining ijodkorlari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Sport va tasviriy sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
Isteʼdodli sanʼatkorlarning bayramona chiqishlari barchaga ko‘tarinki ruh va xushkayfiyat ulashdi.