E’TIROF!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni sharafiga, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi.
Quvonarlisi, ular orasida Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo murabbiysi va Pastdarg‘om tumani 1-BO‘SM dzyudo bo‘yicha murabbiysi - Xalikova Xurshida Narzullayevna «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlandi.
Biz pastdarg‘omlik yana bir matonat sohibasini yuksak e’tirof va munosib mukofot bilan samimiy tabriklaymiz!




