EʼTIBOR VA QADR!
Tumanimiz bo‘ylab istiqlol ayyomi arafasida tashkil qilingan shodiyonalar davom etmoqda.
Bugun ham, “Diydor” bazmgohida yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "ko‘zi ojizlar jamiyati" aʼzolari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
100 nafardan ortiq qalb ko‘zi bilan dunyoni ko‘ruvchi insonlar ishtirok etgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari so‘zga chiqib, "Eng ulug‘, eng aziz" bayramimiz munosabati bilan barchani samimiy tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda imkoniyati cheklangan insonlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari hamda kasb-hunar egallashi va bilim olishlari uchun sharoitlarni yanada kengaytirish xususida so‘z yuritildi.