insurez
30-04-2025 14:40

ERON DVIGATEL YOG‘LARI BRENDI PASTDARG‘OMDA ISH BOSHLAYDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi Pastdarg‘om delegatsiyasining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Eron davlatiga qilgan tashrifi davom etmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari mintaqaning bir qator yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va taʼsischilari bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan tanishmoqda.

Jumladan, “Valiant.R” brendi ostida 10 ga yaqin turdagi dvigatel yog‘lari ishlab chiqaruvchi korxonaga qilingan tashrifdan so‘ng, uning maʼmuriyatida taʼsischilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sh.Rahmonov kompaniya bosh direktori Eroniy janoblari bilan ko‘rishib, hamkorlik muzokaralarini olib bordi.

Unga ko‘ra, aylanma mablag‘lari 73 million dollarni tashkil etuvchi korxona rahbarlari Pastdarg‘om tumanidagi sanoat zonasida ushbu yo‘nalishdagi dastlabki qiymati 8 million dollarlik ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yish istagini bildirishdi.

Har ikkala tomon ham bu boradagi o‘z taklif hamda mulohazalarini bayon etdi va muzokaralar kelgusi oyda amaliy ishlar bilan Pastdarg‘om tumanida davom etadigan bo‘ldi.

Yuqorida keltirilgan videolavhada korxona filiallarining birida olib borilayotgan ish jarayoni aks etgan.

Teglar
- -