insurez
21-08-2024 18:01

ENDI YOSHLARNING “HOKIM AKASI” BOR


Kuni kecha, tuman hokimligida qizil toifadagi yoshlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tuman hokimi Sh.Rahmonov bugundan boshlab ular bilan aka-uka, aka-singil kirishishni taklif etdi. O‘z navbatida hokimga biriktirilgan yoshlar ham, bu taklifni ijobiy qabul qildi.

Samimiy suhbat davomida, yoshlarning kelgusidagi reja va maqsadlari bilan qiziqildi. Ularga kasb tanlash hamda yuksak marralarni zabt etish borasida tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda qizil toifadagi yoshlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, ularning ehtiyojiga ko‘ra amaliy, moddiy, maʼnaviy barcha turdagi ko‘maklar ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi va ushbu yoshlar hokim tomonidan doimiy nazoratda ekanligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolmasliklari va olg‘a intilishlari taʼkidlanib, bu borada imkoniyat darajasidagi yordamlar ko‘rsatilishi aytildi.

Bu kabi uchrashuvlar, fayzli davralar va samimiy suhbatlar yoshlarga o‘z maqsadlarini belgilab olishida turtki hamda ko‘makchi bo‘lsa ajab emas.

Uchrashuv so‘ngida, yoshlarga badiiy kitoblar tuhfa etildi.

Teglar
- -